Ikardi PSJ bilan qancha muddatga shartnoma imzolaydi va qancha maosh oladi?
PSJ klubi bugun “Inter”dan argentinalik hujumchi Mauro Ikardining transferini to‘liq sotib oladi.
Italiyalik jurnalist Janluka Di Martsioning xabar berishicha, klublar kecha oqshom kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra, parijliklar 27 yoshli futbolchi uchun “neradzurrilar”ga 50 mln evro va unga qo‘shimcha 8 mln evro bonus to‘laydi.
Ikardining o‘zi esa PSJ bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 8 mln evro maosh oladi.
Joriy mavsumni parijliklar safida ijarada o‘tkazgan Mauro Frantsiya chempionatida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar