Ikki chempion ko‘p gol urayotgan hujumchini talashyapti
Nikolo Tresoldi uchun kurash qiziyapti
Londonning «Arsenal» jamoasi kelgusi yil yanvar oyida «Bryugge» klubi tarkibida to‘p surib kelayotgan 22 yoshli nemis hujumchisi Nikolo Tresoldini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida The Sun nashri xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, yosh forvardning transfer bahosi taxminan 60 million yevro atrofida baholanmoqda. Avvalroq Tresoldiga «Barselona» tomonidan ham jiddiy qiziqish bildirilgani ma’lum qilingan edi. Kataloniya klubi allaqachon «Bryugge» rahbariyati bilan bog‘lanib, muzokaralarni boshlashga tayyor ekanini yetkazgan.
Nikolo Tresoldi 2025 yili Germaniyaning «Gannover» jamoasidan «Bryugge»ga o‘tgan. Joriy mavsumda u klub safida 12 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini to‘qqiz marta ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.
Izohlar (0)