Ikki chempionimizning "Kichik jahon chempionati"dagi jangi bekor qilindi

  • 24 fevral, 14:45
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun “Strandja”da birinchi kungi bahslar bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Ilk kungi janglar ro‘yxatidan Olimpiada chempioni Abdumalik Halokovning uchrashuvi o‘rin olgan edi. Ammo Abdumalikning professional jangda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan, ikkinchi bahsining vaqti oldinroqqa surilgani tufayli, chempionimiz Ispaniyaga uchib ketadigan bo‘ldi. Demak, u “Strandja”da bugun ringga ko‘tarila olmaydi.

Yana bir chempionimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev ham bugun Bolgariyada bahs olib borishi kerak edi, ammo Asadxo‘ja musobaqadan oldin orttirgan jarohatidan to‘liq tiklana olmagani uchun o‘z jangini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Kun doirasidan bugun faqatgina Samandar Olimov ringga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!