Ikki futbolchi superklubda qolishga ko‘ndi
Bundesliganing eng qudratli klubi “Bavariya” sport bo‘limi tarkibning muhim o‘yinchilaridan ikki nafarini hamkorlikni uzaytirishga ko‘ndirdi.
Gap hujumkor futbolchi Serj Gnabri va qanot himoyachisi Konrad Laymer haqida ketmoqda. Sky Sport Germany nashri xabar berishicha, klub rahbariyati ularga yangilangan shartnoma beradigan bo‘ldi.
2018 yildan beri Myunxen superklubi safida o‘ynab kelayotgan Gnabrining shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi. U bilan tuziladigan yangi bitim 2028 yilning yozigacha amal qiladi.
Laymerning amaldagi shartnomasi esa 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Uning yangi shartnomasi muddati hozircha aniq emas, ammo hamkorlik 2029 yilgacha uzaytirilishi kutilmoqda.

Fikrlar