Ikki grand Angliyaning 15 yoshli rekordchisini tortib olmoqchi

  • 27 mart, 2023, 13:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” va “Manchester Siti” yosh futbolchilar bilan ishlashda katta tajribaga ega. “Aristokratlar” va “shaharliklar” nishoniga “Arsenal”ning 16 yoshli futbolchisi Itan Nvaneri tushdi.

Tecno

Bu futbolchi 15 yoshligida Angliya Premer-ligasida debyut uchrashuvini o‘tkazib, rekordchiga aylangan edi. Hali uning tarixiy natijasi yangilangani yo‘q.

Daily Telegraph nashrining ta’kidlashicha, Itan o‘z jamoasini o‘zgartirishni istayapti. Shu bois, “kanonirlar” o‘zlari tarbiyalagan iste’dod egasidan ayrilib qolishi mumkin.

Itan Nvaneri turli darajadagi musobaqalarda jami 21 marotaba maydonga tushib, to‘rttadan gol va assist muallifi bo‘ldi. U bir necha pozitsiyalarda o‘ynay oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!