Asosiy mazmunga oʻtish

Ikki hafta oldin "Dordoy" bilan shartnoma tuzgan Shipilov kelishuvni bekor qildi

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

U jamoandan ketdi.

Qirg‘izistonning “Dordoy” futbol klubi Andrey Shipilov bilan tuzilgan shartnomani ikki tomon o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, bekor qilgani haqida xabar tarqatdi.

22 yoshli himoyachi bu klubga ikki hafta oldin qo‘shilgan bo‘lib, uning tarkibida ikkita rasmiy uchrashuvda maydonga tushishga ham ulgurgandi.

Uning nima uchun Qirg‘iziston klubini bu qadar tezda tark etishining sababi hozircha ma’lum emas. O‘z navbatida “Dordoy” klubi rahbariyati Andrey Shipilovga keyingi faoliyatida omad yor bo‘lishini tilab qoladi.  

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q