Ikki hamyurtimiz Osiyo chempionatida sovrindor bo‘ldi
Javohir Malikov
Shu kunlarda Siyosi shahrida slalomda eshkak eshish bo‘yicha qit’a chempionati bo‘lib o‘tmoqda
Shu kunlarda Xitoyning Siyasi shahrida slalomda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham shohsupadan joy olishmoqda.
Baydarkachilar o‘rtasidagi bellashuvlarda hamyurtlarimiz Jonibek Temirgaliev hamda Pavel Eygel muvaffaqiyatli ishtirok etib, mos ravishda kumush hamda bronza medallariga egalik qilishdi. Musobaqa davom etmoqda.
Bu haqida MOQ xabar berdi.
Izohlar (0)