
Ikki mashhur murabbiy taklifni qabul qilmadi
“Tottenxem” klubi italiyalik mutaxassis Antonio Konteni ishdan bo‘shatgandan keyin yangi bosh murabbiy topishga qiynalmoqda.
“Shporlar” rahbariyati “Bavariya”dan ketgan Yulian Nagelsmanni ishga taklif qildi. Talksport nashrining xabar berishicha, germaniyalik mutaxassis “Tottenxem”ni boshqarishga qiziqish bildirmagan.
35 yoshli murabbiy jiddiy loyihalar ustida ishlab, grand jamoalardan biriga ustozlik qilishni ma’qul ko‘rmoqda.
Shuningdek, “Tottenxem” mutasaddilarining “Brayton” bosh murabbiyi Roberto de Dzerbiga yuborgan taklifi ham erda qodi. Bu mutaxassis hozirgi jamoasini Evrokuboklarga olib chiqishni maqsad qilgan.
Fikrlar