Ikki nafar hamyurtimiz sambo bo‘yicha Jahon chempioniga aylandi!

CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, bugun Gretsiyaning Saloniki shahrida sambo bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionatiga start berildi.

Tecno

Musobaqaning dastlabki kungi bellashuvlarida jami 7 nafar hamyurtimiz g‘oliblik uchun gilamga chiqishdi va quvonarlisi, ularning barchasi yakunda shohsupaga ko‘tarildi. Jumladan, yakuniga etgan bugungi bellashuvlarda o‘smirlardan Egambergan Iskandarov (-53 kg) hamda Gulhayo Jo‘raeva (-50 kg) oltin medalga sazovor bo‘lishdi. Yana bir hamyurtimiz E’zoza Abdumo‘minova esa (-47 kg) vazn toifasida kumush medal sohibasiga aylandi.

Yana to‘rt nafar sambochimiz esa bronza medaliga ega chiqishdi. Bular:
-64 kg: Bexruz Omonov (o‘smirlar),
-54 kg: Shaxzoda Azatova (qizlar),
-98 kg: Murod Erkinov (yoshlar),
+98 kg: Dilrux Asliddinov (yoshlar).

Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!