Ikki terma jamoamiz ishtirok etayotgan "Futures Cup" turniri qizgʻin pallaga kirib bormoqda
Bugun 11 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi
Xabaringiz bor, Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida "Futures Cup" xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu turnirda ikki terma jamoamiz ham ishtirok etyapti.
Bugun musobaqa doirasida nimchorak, chorak va ba'zi vazn toifasida yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi. Kun davomida 11 nafar bokschilarimizning janglariga guvoh bo‘lasiz.
Nimchorak final:
-48 kg: Maftuna Musurmonova - Atena Xuarez (Meksika).
Nimchorak final:
-60 kg: Rushanabonu Isoeva - Kaylee Aguilar (AQSh).
Nimchorak final:
-55 kg: Bekzod Ismoiljonov - Kalvin Mattern (Germaniya).
Nimchorak final:
-70 kg: Saidxo‘ja Sadillaxo‘jaev - Mihael Maugan (Angliya).
Nimchorak final:
-51 kg: Nazokat Mardonova - Chih En Kuo (Xitoy Taypeyi).
Chorak final:
-70 kg: Maftuna Yangieva - Marley Makneali (AQSh).
Chorak final:
-75 kg: Samira Turg‘unova - Andreea Timeea Tapu (Ruminiya).
Nimchorak final:
-65 kg: Ibrohim Shokirjonov - Jiusseppe Kavallo (Italiya).
Nimchorak final:
-75 kg: Suhrob Rahmatullaev - James Gentile (AQSh).
Nimchorak final:
-80 kg: Asilbek Abdusamadov - Timur Taibekov (Qozog‘iston).
Yarim final:
+80 kg: Islom Salihov - Mohamed Amine (Marokash).
Bahslar Toshkent vaqti bilan, birinchi dastur 09:00 da ikkinchi dastur 15:00 da start oladi. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Izohlar (0)