Ikkita xaridor bor! "Chelsi" kerakmas futbolchini o‘ta qimmat sotmoqchi

  • 06.08.2026 18:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Tottenxem» klubi «Chelsi» hujumchisi Nikolas Jeksonga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, «Chelsi» 25 yoshli forvardni 65 million funt atrofida baholamoqda. Futbolchiga faqat «Tottenxem» emas, «Aston Villa» ham nazar solayotgani aytilmoqda. Jeksonning o‘zi esa doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun joriy klubini tark etishga tayyor.

O‘tgan mavsum Nikolas Jekson «Bavariya» safida ijara asosida o‘ynadi. U Bundesligada 23 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!