"Мilan»" va "Siti" ikki yulduzni almashitirmoqchi
«Milan» jamoasi o‘zining yetakchi qanot hujumchisi Rafael Leauni «Manchester Siti» markaziy himoyachisi va jamoa sardori Ruben Diashga almashtirishi mumkin. Bu haqida Sport Mediaset nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, ehtimoliy kelishuvda portugaliyalik mashhur agent Jorje Mendesning o‘rni katta bo‘lishi mumkin. U ham Leau, ham Diash manfaatlarini himoya qiladi.
«Rossoneri» bosh murabbiyi Ruben Amorim yuqori darajali markaziy himoyachi qidirayotgani aytilmoqda. Shu bilan birga, Mendes hali ham Leau uchun «Galatasaray» yoki Saudiya Arabistoni klublaridan tushishi mumkin bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqmoqda.
O‘tgan mavsumda Leau barcha musobaqalar doirasida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Ruben Diash esa 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqib darvozasini 2 marta ishg‘ol qildi.

Fikrlar