Ildar Sakaev: O‘tkazib yuborilgan tezkor gollar bizni qiyin vaziyatga solib qo‘ydi

  • 19 sentabr, 2018, 23:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun O‘zbekiston kubogi chorak finalidan o‘rin olgan "Andijon" hamda "Bunyodkor" (1:2) jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabiyi Ildar Sakaev ishtirok etdi va o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

- Bilasiz, "Bunyodkor" ko‘p karra mamlakat chempioni hisoblanadi. Biroq, bu futbol. Oddiy vaziyatlarda gollar o‘tkazmaganimizda balki barchasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Tezkor ikkita gol qo‘yib yubordik va qiyin ahvolga tushib qoldik. Oddiy qilib aytganda Superligada 4-o‘rinda borayotgan klubga qarshi o‘yinda o‘zimizni sinab ko‘rdik.

- Ijara shartnomasida raqib "Bunyodkor" bo‘lsa bu futbolchilar o‘ynamasligi haqida band bor edi. Shaxsan o‘zim bunday bo‘lmasligini xohlardim.

- Vazifa Pro-ligada 1-o‘rinni olish va Superligaga chiqish. Vazifa o‘zgargan yo‘q. To‘g‘ri hozir vaziyat biroz og‘ir. O‘ylashimcha olishimiz kerak bo‘lgan 5 ochkoni boy berdik. Barcha aybni o‘z bo‘ynimga olaman. Qaytaraman vazifa o‘zgarmagan va buni bajarishga harakat qilishda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!