Iliya Topuriya: "Arman Tsarukyaning fikrlashi yosh bolanikiga o‘xshaydi"

  • 21.05.2026 14:48
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yengil vaznda amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya titulga da’vogarlaridan biri Arman Tsarukyan haqida gapirdi.

"Armanning fikrlashi yosh bolanikiga o‘xshaydi. Tsarukyan negadir o‘zini boy qilib ko‘rsatyapti, aslida esa u ham, otasi ham unchalik katta boylikka ega emas. Men juda ko‘p badavlat odamlarni bilaman, ular o‘zlarini bunday tutishmaydi. Armanning mashinalarni sotib olib, ularni Rossiyaga qayta sotishi va shu orqali biznes yuritishi haqidagi gap-so‘zlari ham yolg‘on", - dedi "Matador".

Eslatib o‘tamiz, Topuriya (17-0) keyingi jangini 15 iyun kuni Oq Uyda Justin Getji(27-5)ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!