Iliya Topuriya ayoli bilan ajrashgach nimalar dedi?
Engil vaznda amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya ayoli bilan ajrashgandan keyin olgan asosiy saboği haqida gapirib berdi.
"Bu sizni kuldirishi mumkin, lekin men o‘rgangan eng muhim narsa... onamga quloq solish. Chunki onalarda intuitsiya bor va ular biz ko‘rmagan narsalarni ko‘rishadi. Onang nimadir noto‘g‘ri ekanini aytganda, senga unday tuyulmasligi mumkin, biroq yakunda ular haqligiga guvoh bo‘lasan. Men onamga quloq solishni o‘rgandim. Sizni yaxshi ko‘raman, ona!" - dedi chempion.
Eslatib o‘tamiz, Topuriya 14 iyun kuni "UFC White House" turnirida Jastin G’etjiga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Fikrlar