Iliya Topuriya Jastin G’etjini mag’lub etadi(mi?)

  • 19.04.2026 15:32
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Braziliyalik BMF chempioni Charlz Oliveira engil vaznda amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya va amerikalik Justin Getji oʻrtasidagi jang uchun oʻz prognozlarini bildirdi.

"Ochiği, gʻolibni oldindan aytish juda qiyin. Bu juda zoʻr qarama-qarshilik boʻladi. Menimcha, Iliya boʻlajak toʻqnashuvda gʻalaba qozonishi mumkin. U Getjiga nisbatan universalroq va kuchliroq jangchi", – dedi Braziliya vakili.

Maʼlumot uchun, Justin Getji va Iliya Topuriya oʻrtasidagi bahs 14 iyun kuni Oq Uyda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!