Iliya Topuriya Konor Makgregor bilan jang qiladi, agar...
Yengil vaznda amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi oktagonga chiqish shartini aytdi.
"Konor bilan jangimiz faqat "stoyka"da o‘tadi. Kurashni ham, parterni ham ko‘rmaysiz. Agar Makgregor Xollowey ustidan g‘alaba qozonib, keyin yana bir bahsda zafar quchsa, unga qarshi oktagonga chiqishdan xursand bo‘laman. Biroq hozir menga irland bilan bahsni taklif qilishsa, darrov rad etaman. Chunki bu qarama-qarshilikda qo‘lim baland kelsa ham, amalda menga hech qanday foyda yo‘q", - dedi Iliya Alvaro Kolmeneroga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Konor (22-6) va Xollowey (27-9) to‘qnashuvi 12 iyul kuni "UFC 329" turnirida o‘tkaziladi.

Fikrlar