Iliya Topuriya: "MMAdagi faoliyatimni tugatgach..."
Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya MMAdagi faoliyatini yakunlagach professional boksda debut qilmoqchi.
"Rejamda boks janglarini o‘tkazish ham bor. Bir kun bu, albatta, sodir bo‘ladi. Biroq avval MMAdagi faoliyatimni tugatishim zarur. Boksga o‘tgach kim bilan jang qilishimni hozircha bilmayman. Vaqti kelganda, kim eng yuqori pog‘onada bo‘lsa va imkon berilsa, u bilan kuch sinashib ko‘raman", - dedi Iliya.
Ma’lumot uchun, Topuriya prof MMA da 17 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (15 tasi muddatdan avval).

Fikrlar