Iliya Topuriyaning oktagonga qaytish vaqti ma'lum

  • 25.06.2026 18:38
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sobiq UFC chempioni Iliya Topuriyaning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi Xesus Gallo jangchining tiklanishi muddatini e’lon qildi.

"Shifokorlar bizga to‘liq sog‘ayish uchun 6 dan 8 haftagacha vaqt kerakligini aytishdi. Shundan so‘ng Iliyaga mashg‘ulotlarga qaytish uchun yana vaqt zarur bo‘ladi. Boisi singan suyak to‘liq mustahkamlanishi lozim. O‘ylaymanki, bu kamida 2–3 oy vaqt oladi. Agar revanş yoki keyingi jang haqida gapirsak, bu ehtimol yil oxiri — dekabrda o‘tishi mumkin. Yana ham ko‘ramiz", - dedi Xesus.

Eslatib o‘tamiz, Topuriya "UFC Freedom 250" turnirida amerikalik Jastin Getjidаn mag‘lubiyatga uchradi va engil vazndagi chempionlik kamarini boy berib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!