Iliya Topuriya va Peddi Pimblett jangi nima uchun yaqin yillarda tashkil etilmaydi?

  • 01.09.2026 22:34
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli UFC jangchisi Arman Tsarukyan sobiq chempion Iliya Topuriya va britaniyalik Peddi Pimblett oʻrtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.

"Topuriya – Pimblett toʻqnashuvi mantiqan toʻgʻri, lekin menimcha, UFC bu bahsni yaqin orada tashkil etmaydi. Chunki ular Peddi yutqazishini istamaydi. Shu bilan birga, Iliyaning yana magʻlub boʻlishini xohlamaydi, shuning uchun ikkisiga ham nisbatan osonroq raqib berilishi mumkin.

Oʻylashimcha, promoushen britaniyalikni yana kamar uchun jangga olib bormoqchi. Shuning uchun unga ham engil, ham moliyaviy jihatdan foyda keltiradigan raqib tanlashadi. Maks Hollowey varianti bu yerga koʻproq toʻgʻri kelsa kerak, boisi Pimblett uni parterga tortib, zarba bera olishi ancha oson", – dedi Arman.

Eslatib oʻtamiz, Tsarukyan 20 sentabr kuni "UFC 331" turnirida braziliyalik Maurisio Ruffiga qarshi oktagonga koʻtariladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!