
Ilk daqiqalarda gol urgan "Liverpul" so‘nggi soniyalarda g‘alabani boy berdi
Angliya Premer-ligasi 33-turidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Nyukasl" bahsi o‘z yakuniga etdi. Unda tomonlar 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etdi.
3-daqiqada Muhammad Saloh hisobni ochgan bo‘lsa, 90+5-daqiqada Jo Uillok muvozanatni tikladi.
1 ochko ishlagan mersisaydliklar 54 ochko bilan APL turnir jadvalining 6-pog‘onasida bormoqda. "Nyukasl" esa 36 ochko bilan 15-o‘rinda ketyapti.
Fikrlar