
Ilk turda vitse-chempionga qarshi o‘ynagan "Latsio" bugun chempionga qarshi bahs yuritadi
Bugun Italiya A Seriyasida ham 2-tur uchrashuvlariga start beriladi. Jumladan, shu kuni “Yuventus” o‘z maydonida “Latsio”ni qabul qiladi.
Eslatib o‘tish lozimki, rimliklar o‘tgan tur musobaqaning amaldagi vitse-chempioni hisoblangan “Napoli”ga qarshi bahs yuritishgan va 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lishgan edi. Bugun esa Simone Inzagi boshchiligidagi jamoa amaldagi chempion – “Yuventus” bilan o‘ynaydi. Quyida ushbu qarama-qarshilikka doir ba’zi qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.
“Yuventus” o‘z uyida o‘tkazilgan so‘nggi 6ta o‘yindan 4tasida “Latsio”ni mag‘lub etishga erishgan va bu o‘yinlarda ko‘pi bilan 3ta gol urilgan. “Latsio” esa A Seriya doirasidi o‘tkazilgan so‘nggi 27ta o‘yindan faqat 1tasida “keksa sinora”ni mag‘lub etishga erishgan. Turinliklar o‘z maydonlarida o‘tgan so‘nggi 15ta o‘yindan buyon o‘z darvozalaridan 1tadan ko‘p gol o‘tkazishmayapti.
Quyida ushbu uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashi mumkin bo‘lgan har ikkala jamoaning taxminiy tarkiblari bilan tanishib olishingiz mumkin:
Fikrlar