Ilk turdanoq etakchilikni qo‘lga olgan “Navbahor” bu gal ham o‘z o‘rnini hech kimga bermadi

  • 12 mart, 2024, 10:50
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

8-11 mart kunlari 2-tur bahslari o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.

Tecno

Ushbu turda bir qator qiziqarli o‘yinlar, o‘ziga xos qarama-qarshiliklar kuzatildi.

“Metallurg” Olmaliqda “So‘g‘diyona” bilan nursiz durangga imzo chekdi. “Paxtakor” va “Nasaf” o‘rtasidagi turning markaziy bellashuvida ham shunday natija kuzatildi.

“Olimpik”ning bu yilgi rejalari hozircha o‘xshamayapti. Kapadze shogirdlari ketma-ket ikkinchi uchrashuvda mag‘lubiyatni tan oldi. “Navbahor” favorit ko‘ringan o‘yinda OKMKni enga olmadi. “Andijon”  “Bunyodkor” ustidan tarixiy g‘alabaga erishdi. “Burgutlar” ilk bor “qaldirg‘ochlar”ni taslim etdi.

“Dinamo” ustunlikka erishgan bahsda “Neftchi” g‘alabani ilib ketdi. “Qizilqum” ham ketma-et 2 turda g‘alaba qozongan holda farg‘onaliklar bilan qo‘shhokimlikni yuzaga keltirdi.

Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasi bilan tanishtiramiz.

2-turda stadionlarimizga jami 26954 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir bellashuvga o‘rtacha 3851ni tashkil qiladi.

Ilk turdanoq tomoshabinlar statistikasi bo‘yicha etakchilikni qo‘lga olgan “Navbahor” bu gal ham o‘z o‘rnini hech kimga bermadi. Namanganliklarning OKMK bilan o‘yiniga 10362 ishqiboz tashrif buyurdi.

Tarixiy natija qayd etilgan Vodiydagi yana bir bellashuvda ham deyarli shunday ko‘rsatkich. “Andijon” o‘z uyidagi ilk uchrashuvga 10140 tomoshabin jamladi.

“Paxtakor” – “Nasaf” o‘rtasidagi markaziy qarama-qarshilik kutilganidek qiziqish uyg‘otmadi, chog‘i. Stadionga bor yo‘g‘i 3220 ishqiboz keldi xolos. Bu balki o‘yin 8 mart sanasiga to‘g‘ri kelganidandir yoki boshqa sabab bilmadik, har holda avvallari uchramaydigan holat bo‘lmoqda. Oldingi mavsumlar startida stadionlarimizda odamlar gavjum bo‘lardi....

Birinchi turni bahorning ilk kunlaridagi sovuq va qorli havo bilan bog‘ladik. Ikkinchi turda bayram arafasi dedik. Ishqilib har turni shunday bahonalar bilan o‘tkazmaylik!!!

Eng kam tomoshabin Toshkentda. “Olimpik”ning “Lokomotiv”ga qarshi o‘yiniga 310 ta odam keldi.

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):

“Navbahor” – OKMK 1:1. 10362 tomoshabin

“Andijon” – “Bunyodkor” 5:1. 10140 tomoshabin

“Paxtakor” – “Nasaf” 0:0. 3220 tomoshabin

“Dinamo” – “Neftchi” 0:1. 1672 tomoshabin

“Metallurg” – “So‘g‘diyona” 0:0. 723 tomoshabin

“Qizilqum” – “Surxon” 2:1. 527 tomoshabin

“Olimpik” – “Lokomotiv” 0:1. 310 tomoshabin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!