
Imkoniyatlar qanady? FIDE Circuitda Praggnanandhaaga etib olsa bo‘ladimi?
Praggnanandhaa hozir FIDE Circuit'da 86,28 ochko bilan peshqadam. U to‘rtta yopiq turnirda to‘plagan natijalari bilan oldinga chiqdi, lekin hali 50 dan ortiq ishtirokchi ishtirok etadigan kattaroq ochiq turnirda o‘ynamagan. Oldinda ikkita ana shunday musobaqa – Jahon Kubogi va Grand Swiss. Agar Prag ulardan birida kuchli oltitalikdan tashqarida qolsa yoki kam ochko to‘plasa, peshqadamligi darhol xavf ostida qoladi.
Nodirbek Abdusattorov 50,78 ochko bilan ikkinchi o‘rinda. Uning eng katta ballari Tata Steel Masters va UzChess Cup dagi uchinchi o‘rinlardan kelgan. Yil oxirida u ham Jahon Kubogi, ham Grand Swiss da qatnashadi. Har birida 15–18 ochkolik natija Nodirbekni 90 ochkoga yaqinlashtiradi va Pragni quvib o‘tish imkonini beradi.
Yana bir variant, agar Prag Jahon Kubogi yoki Grand Swiss da g‘olib chiqib, Nomzodlar turniriga bevosita yo‘llanma olsa, Circuit yo‘llanmasi navbatdagi eng yuqori o‘rindagi o‘yinchiga o‘tadi. Hozir bu o‘rin Nodirbekda.
Qisqasi, Prag hozircha oldinda, lekin hali hech narsa hal bo‘lmagan. Nodirbek uchun esa bor-yo‘g‘i bitta-ikkita kuchli natija kifoya, shunda u FIDE Circuit g‘olibiga aylanib, 2026 yilgi Nomzodlar turniriga yo‘llanma olgan ilk o‘zbek shaxmatchiga aylanishi mumkin.
Fikrlar