Immobile "Latsio"da "Yil futbolchisi", deb topildi
"Latsio" muxlislari Chiro Immobileni jamoaning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi, deb topdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Har bir o‘yindan so‘ng, rimlik ishqibozlar o‘rtasida eng yaxshi o‘yinchini aniqlash bo‘yicha maxsus so‘rovnomalar tashkil etib kelinadi. Aynan mana shu so‘rovnoma asosida yil bo‘yicha eng ko‘p g‘olib bo‘lgan 4 nafar futbolchi saralab olindi hamda yakuniy so‘rovnomaga qo‘yildi.
Immobile, Sergey Milinkovich-Savich, Luis Alberto hamda Franchesko Acherbi orasida eng ko‘p ovozni 30 yoshli Chiro to‘pladi va “Yil futbolchisi” bo‘ldi.

Fikrlar