Immobile: Messidan nega o‘g‘liga Chiro deb ism qo‘yganini so‘raganman
Rimning “Latsio” klubi forvardi Chiro Immobile zamonaviy futbolning ikki yorqin vakili - Krishtianu Ronaldu va Lionel Messidan qay biriga ko‘proq muxlislik qilishini aytdi.
“Men Messi bilan futbolka almashtirishni xohlardim. Ronaldu bilan esa “Yuventus”ga qarshi bo‘lgan dastlabki o‘yinlardan keyinoq bu ishni amalga oshirib bo‘lganman.
Men Messi bilan uchrashganman va u bilan suratga tushganman. Bu Argentina va Italiya terma jamoalarining o‘rtoqlik o‘yinida sodir bo‘lgan. O‘shanda biz o‘zaro uning o‘g‘li haqida suhbatlashganmiz. Men undan nega o‘g‘liga Chiro deb ism qo‘ygani haqida so‘raganman”, - deydi Immobile.
Ma’lumot uchun, Messining 3 nafar o‘g‘li bor. Ularning kenjasi Chiro hisoblanadi. U 2 yoshda.
Fikrlar