Indoneziya terma jamoasi menejeri: "Temur Kapadze bo‘yicha hali qaror qabul qilinmadi"

  • 13.11.2025 00:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Indoneziya terma jamoasi menejeri Sumarji Temur Kapadze bilan bo‘layotgan muzokaralar haqida vaziyatni ochiqlab berdi. 
 
"Hali hech qanday qaror qabul qilinmadi. Jarayon davom etmoqda", - deya ta’rif berib o‘tdi terma jamoa menejeri. 
 
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoamizning sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasini boshqarishi mumkin. Mutaxassis buni o‘zi ham istayotgani va federatsiyadan taklif kutayotganini o‘zi ma’lum qildi. 
 
Eslatib o‘tamiz, Kapadze o‘z faoliyatini yangi bosqichda davom ettirish istagini bildirgan va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatiga lavozimidan ozod etilish to‘g‘risida murojaat qildi. O‘FA ham buni qabul qilgan holda, hurmat bajo keltirib taklifni qabul qildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!