
Indoneziya U-20 bosh murabbiyi: "Indoneziya va O‘zbekistondagi ob-havo o‘rtasida er bilan osmoncha farq bor..."
Ertaga 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi start oladi. "A" guruhi ishtirokchilari Indoneziya va Iroq terma jamoalari ilk turda o‘zaro bellashadi. Guruhning yana bir o‘yini O‘zbekiston hamda Suriya terma jamoalari o‘rtasida kechadi. Ushbu uchrashuvlar oldidan Indoneziya yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Shin Tae Yong bellashuvdan oldin qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bu musobaqa biz uchun muhim. Turnir qay darajada kuchli ekanimizni ko‘rsatib beradi.
Yigitlar mashg‘ulotlarda yaxshi harakat qilishmoqda. Gol urish borasida alohida shug‘ullanyapmiz. O‘ylashimcha, Osiyo kubogida mahoratimizni yanada oshirish imkoniga ega bo‘lamiz. Ishonamanki, biz kuchliroq jamoaga aylanib boramiz.
Indoneziya va O‘zbekistondagi ob-havo o‘rtasida er bilan osmoncha farq bor. Ammo bunga moslashishimiz shart.
Shunga qaramay, mashg‘ulotlarda katta muammolarga duch kelmadik. Sharoit qanday ta’sir qilgani Iroqqa qarshi o‘yin mobaynida seziladi", - dedi indoneziyaliklar bosh murabbiyi.
Fikrlar