Indzagi "Yuventus"ni boshqarishga rozi bo‘ldi

  • 21.05.2019 14:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rimning “Latsio klubi bosh murabbiyi Simone Indzagi faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishi mumkin.

Sky Sport Italia muxbiri Janluki Di Martsioning xabar berishicha turinliklar sport direktori Fabio Paratichi o‘tgan hafta 43 yoshli italiyalik mutaxassis bilan uchrashgan. Suhbat davomida Indzagi “keksa sinora”ni boshqarish taklifiga rozilik bildirgan.

Ma’lumot uchun, “Latsio” joriy mavsum Indzagi qo‘l ostida Italiya kubogini qo‘lga kiritdi. So‘nggi tur oldidan esa A Seriya musobaqa jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi. Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Ma’lumotlarga qaraganda “Yuventus” rahbariyatida shuningdek “Chelsi”dan ketishi aytilayotgan Mauritsio Sarri nomzodi ham bor.

Eslatib o‘tamiz, Massimiliano Allegri besh yillik faoliyatidan so‘ng "Yuventus"dan ketmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!