
Infantino Buffonni FIFAga ishga chaqirmoqda
FIFA prezidenti Janni Infantino Italiya terma jamoasining JCh-2018 turniriga yo‘llanma ololmaganidan afsusda ekanligini ma’lum qilgan. Infantino ushbu mundial g‘olibi kubokni “skuadra adzurra” sardori Janluiji Buffondan qabul qilib olishini istamoqda.
Italiya JCh-2018 yo‘llanmasidan quruq qolgandan so‘ng Buffon terma jamoani tark etgan edi. Keyinroq esa OAVda Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini bajarib turgan Luiji Di Byajoning Buffonni mart oyida Argentina (23 mart) va Angliya (27 mart) termalariga qarshi uchrashuvga taklif qilganligi haqida xabar paydo bo‘ldi.
– Men jahon chempionlari kubokni Buffonning qo‘lidan olishini istayman. FIFAda lavozimlardan birini egallashi mumkinmi? Men bu borada u bilan gaplashib ko‘raman, – deydi Infantino.
Fikrlar