Infantino: "Futbol dunyoni birlashtiradi va odamlarga baxt ulashadi"

  • 23.01.2026 01:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

FIFA prezidenti Janni Infantino futbolning jamiyatdagi o‘rni haqida fikr bildirdi.

"Faqat bitta jamoa jahon chempioni bo‘lishi mumkin, ammo qolganlarning barchasi ham boshqa yo‘l bilan chempionga aylana oladi. Bu oddiy to‘p emas — bu odamlarni o‘zgartiradigan, qayg‘uli insonlarni baxtli qiladigan vosita. O‘gil yoki qiz bola to‘p tepayotganida, u hayotiy muammolar haqida o‘ylamaydi. Bolalarning yuzlari yorishadi, kattalar yana bolalikka qaytib, o‘ynay boshlaydi, kulib yuboradi. Bu g‘ayrioddiy holat va biz buni hech qachon unutmasligimiz kerak.

Bunday davrlarda insonning baxtli bo‘lish va quvonish qobiliyatini unutib qo‘yish xavfi bor. Har birimizning hayotimizda muammo, qiyinchilik va tashvishlar bor, ammo futbol FIFAgа a’zo bo‘lgan 211 ta mamlakatdagi odamlarga quvonch va baxt lahzalarini ulashadi. Futbol mavjud barcha sport turlari orasida eng demokratik sport bo‘lib, u butun dunyoni birlashtiradi", — dedi Infantino Davos shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!