Infantino va FIFA delegatsiyasi Toshkentda tashrif buyurdi

  • 08.09.2025 10:44
  • Jahongir Inomjonov
  • 1
  • Futbol

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifiga ko‘ra, FIFA Prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirishga doir loyihalarni muhokama qilish, Milliy futbol markazi bilan yaqindan tanishish hamda "CAFA Nations Cup 2025" musobaqasining final uchrashuvini stadiondan kuzatish maqsadida yurtimizga tashrif buyurdi.

FIFA delegatsiyasini Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov va rasmiylar kutib olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
08/09/2025 11:48
Дунё футболига бефарк булмаган инсонлар нигохи Узбекистонда.