Ingliz futboli afsonasi koronavirus tufayli olamdan o‘tdi

Bu voqea munosabati bilan "Lids" klubi rasmiy sayti Xanterning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qildi:

"Norman "Lids" oilasini tark etdi. Uning klub uchun qilgan ishlari hech qachon unutilmaydi. U doimo jamoamizning ehtiromida bo‘ladi. Mana shunday og‘ir vaziyatda biz Xanterning oila a’zolari, do‘stlari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz", - deb yozadi klub matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi "Lids" safida 540 va terma jamoa safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning faoliyati 1960-1970 yillarga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!