Inigo Martines: "Ronaldu - o‘ta raqobatbardosh futbolchi"

  • 27.09.2025 16:36
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"An-Nasr" himoyachisi Inigo Martines Saudiya Arabistoni jamoasi sardori va jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik futbolchi o‘tgan yozda Ar-Riyod klubi futbolchisiga aylangandi. Bungacha 34 yoshli futbolchi "Barselona" safida to‘p surgan.

"Ronaldu - o‘ta raqobatbardosh futbolchi. U faqat g‘alaba haqida o‘ylaydi. U bilan bir jamoada o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lish juda yoqimli. Krishtianu bilan birga o‘ynash - "An-Nasr"dan taklif tushganda meni qiziqtirgan narsalardan biri. Boshidanoq uning faolligi va yordam berishga tayyorligidan hayratda qoldim", - deya Inigo Martinesning so‘zlarini keltiradi Marca.

Joriy mavsum Saudiya chempionatida "An-Nasr" 4 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!