Inqirozdagi “Tottenxem”ga yana qattiq zarba bo‘ldi

  • 14.04.2026 12:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida xavfli hududga tushib qolgan va quyi ligaga tushib ketish ehtimoli oshib borayotgan “Tottenxem” kutilmaganda katta yo‘qotishga duch keldi.

“Sanderlend”ga kichik hisobda boy berilgan uchrashuvda inqirozdan chiqishga urinayotgan “Tottenxem”ning asosiy himoyachisi Kristian Romero jarohat oldi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, argentinalik futbolchi tizzasidagi shikastlanish tufayli mavsumning qolgan qismida jamoasiga yordam bera olmaydi.

Bu haqida ESPN xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, dastlabki tekshiruvlar 27 yoshli argentinalik futbolchining tizza bog‘lamlari shikastlanganini ko‘rsatgan, jarohat og‘irligini aniqlash uchun yaqin kunlarda qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkaziladi.

Ma’lum qilinishicha, Romero besh haftadan sakkiz haftagacha maydondan tashqarida qolishi mumkin va “Tottenxem” bu haqida yaqin kunlarda rasmiy xabar beradi.

Shu bilan birga, 2026 yildagi jahon chempionati boshlanishiga ikki oydan kam vaqt qolganini hisobga olsak, himoyachi turnirgacha to‘liq tiklanish imkoniga ega ekani ma’lum bo‘ladi.

Joriy mavsumda Romero 32 ta o‘yinda ishtirok etib, oltita gol urdi va uchta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!