
Insayd! Iskanderov "Navbahor"da qoladimi yoki yo‘q?
Jamshid Iskanderov kelasi mavsumni 100 foiz "Navbahor" safida o‘tkazadi. Bu haqda SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘zining Telegramdagi kanali orqali ma’lumot berdi.
"Klub va futbolchi o‘zaro kelishuvga erishgan. Shartnoma muddati uzaytiriladi. Iskanderovning Namanganda qolishi "Navbahor"ning erasi hali tugamaganini anglatadi", - deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, Jamshid yakunlangan mavsum "Navbahor" safida Superliganing 26 o‘yinida 4 ta gol va 6 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar