
Insine "Napoli" tarixiga kirdi
“Napoli” hujumchisi Lorentso Insine kecha A Seriyaning 22-turidan o‘rin olgan “Yuventus”ga (1:0) qarshi o‘yinda gol urdi va jamoasining muhim g‘alabasini ta’minladi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga qaraganda, bu 29 yoshli italiyalik futbolchining “Napoli” safidagi yubiley 100-goli bo‘ldi. Shu tariqa, u “Napoli” safida 100 ta va undan ortiq gol urgan 7-futbolchiga aylandi.
Ma’umot uchun, Lorentso Insine “Napoli” safida 2009 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar