
“Inter” – “Jenoa” bahsi oldidan: Shomurodovning tezligi raqibga qarshi dahshatli qurol!
Italiya A Seriyasining 24-turida futbol muxlislarini qiziqarli uchrashuvlar kutib turibdi. O‘zbekistonlik ishqibozlar e’tiborida turgan bellashuv, shubhasiz, musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan “Inter” va mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirayotgan “Jenoa” o‘rtasidagi bahsdir.
To‘g‘risi, Davide Ballardini jamoani qabul qilib olganidan keyin “Jenoa”ning ham, Eldor Shomurodovning ham o‘yinida ijobiy o‘zgarishlar davom etmoqda. Ayniqsa, o‘tgan turda o‘zbek legioneri zaxiradan maydonga tushishi bilan, muhim golni urib, hisobda ortda qolayotgan jamoasining o‘yinida burilish yasagani genuyaliklar muxlislarini mehrini jo‘shtirib yubordi.
“Jenoa” hozir kechagi autsayder emas. Genuyaliklar Ballardini kelganidan beri o‘nta uchrashuvdan faqat bittasida mag‘lub bo‘ldi, besh marta g‘alaba qozondi va atigi bir bor o‘zidan kuchli jamoaga imkoniyatni bor berdi. Bu muvaffaqiyatlarda Eldor Shomurodovning hissasi ham katta.
An’anaga ko‘ra, “Inter” bilan bo‘ladigan o‘yin oldidan “Jenoa” muxlislarining Eldor Shomurodov haqidagi fikr-mulohazalarini e’tiboringizga havola etamiz.
Gianluca Giusto:
Eldor “Verona”ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushishi kerakligini isbotlab qo‘ydi. Agar u ilk daqiqalardan o‘ynaganida jamoamiz ochko yo‘qotmas edi.
Vittorio Faillaci:
Shomurodov 1000 daqiqa ichida uchta gol urdi va ikkita golli pas berdi. Har 200 daqiqada u jamoamiz uchun gol yaratib bermoqda. Bu samaradorlik borasida Mattia Destrodan keyin ikkinchi ko‘rsatkich.
Paolo Marocchi:
Shomurodov bizning sehrli tayoqchamiz. Uning tezligi raqibga qarshi dahshatli qurol!
Stefano Alessio:
Eldor juda foydali o‘yinchi, lekin barqarorlik etishmayapti. U uzoq tanaffusdan keyin gol urdi, lekin ungacha bir necha vaziyatlarni barbod qilgandi.
Claudio Gesti:
Shomurodovn boshlang‘ich tarkibga qaytarish kerak. U jahon darajasidagi futbolchiga aylanish uchun katta salohiyatga ega.
Fausto Pasquini:
Shomurodovga ortiqcha baho berib yubormaylik.
Pierluigi Casarotti:
Hozir Mattia Destroning o‘yinida pasayish kuzatilayotgan bir paytda, Eldor Shomurodov va Goran Pandev jamoamiz hujumining etakchilariga aylanashi kerak.
“Inter” – “Jenoa” uchrashuvi 28 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da bo‘ladi.
Fikrlar