"Inter" 1 ta futbolchi sotib olish uchun 2 ta futbolchisini sotmoqchi

  • 4 aprel, 2020, 22:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi "Fiorentina" vingeri Federiko Kezani sotib olish uchun mablag‘ izlamoqda.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "neradzurrilar" ushbu xaridni amalga oshirish uchun Dalbert va Raja Nainggolanlarni sotishga tayyor. Kezaning taxminiy transfer narxi esa 50 million evroga baholanmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Nainggolan mavsumni "Kalyari"da, Dalbert esa "Fiorentina"da ijarada o‘tkazmoqda.

Federiko Keza joriy mavsum "Fiorentina" libosida 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!