"Inter" A Seriya peshqadamiga aylandi
Milandagi "Juzeppe Meatstsa" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi. 19-daqiqada Verre Valerio hisobni ochgan bo‘lsa, 65-daqiqada Matias Vechino muvozanatni tikladi.
Bellashuv so‘nggida esa Nikolo Barella "nerradzurrilar"ga g‘alaba keltirgan to‘pni kiritishga erishdi. Shu tariqa, Antonio Konte shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 31 taga etdi va jamoa "Yuventus"ni ortda qoldirgan holda turnir jadvalida 1-o‘ringa chiqib oldi.
Qayd etish joiz, turinliklar hisobida zaxirada 1 ta o‘yin mavjud. "Keksa sinora" ertaga o‘z uyida "Milan"ni qabul qiladi.

Fikrlar