“Inter” Abramovichga superhujumchi narxini aytdi

  • 5 avgust, 2021, 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovich bosh murabbiy Tomas Tuxel Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqanidan so‘ng, unga superhujumchi olib bermoqchi.

Londonliklarning Erling Xoland va Harri Keynni olish haqidagi orzulari armonga aylanib bo‘ldi. Endi Tomas Tuxel o‘z jamoasida “Inter”ni Italiya chempioni qilgan Romelu Lukakuni ko‘rmoqchi.

“Chelsi” belgiyalik hujumchi bo‘yicha ikki marta taklif yubordi va rad javobini oldi. Ikkinchi taklif milanliklarga biroz ma’qul keldi. Unga ko‘ra, inglizlar Lukaku uchun 100 million evro va Markos Alonsoni bermoqchi.

“Inter” bu variantni rad etgan bo‘lsa-da, keyinchalik “Chelsi” yana 20 million qo‘shib bersa, Lukakuni Londonga jo‘natishga tayyorligini bildirmoqda.

O‘z o‘rnida, “Inter” Lukakuga o‘rinbosar ham topib qo‘ydi. Belgiyalik to‘purar ketsa, Milan shahri klubi “Atalanta”dan Duvan Sapatani transfer qilmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!