"Inter" "Barsa" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 23.12.2023 20:19
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" himoyachisi Serxi Roberto klubi ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin. "Football Espana" nashri xabar berishicha, "Inter" o‘z tarkibini ispaniyalik futbolchi bilan kuchaytirmoqchi.

Manba xabariga ko‘ra, "neradzurrilar" yanvar oyi boshida Robertoga shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda, chunki Robertoning "Barselona" bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi. Serxining o‘zi hali boshqa jamoalar bilan muzokara o‘tkazmoqchi emas, chunki u "Barselona"dan taklif olishiga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli futbolchiga Lionel Messi o‘ynayotgan "Inter Mayam" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!