"Inter" Bastonining maoshini oshirishga tayyor

  • 29 mart, 2023, 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" rahbariyati bir yildan so‘ng shartnomasi tugaydigan himoyachi Alessandro Bastonini tekinga qo‘yib yuborishdan qochishga harakat qilmoqda. Milan klubi 23 yoshli futbolchi bilan tezroq yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi.

Tecno

Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, "Inter" Bastoniga bir mavsum uchun 4 million evro maosh taklif qilishga tayyor. Taqqoslash uchun, uning hozirgi maoshi yiliga 2,8 million evroni tashkil etadi. “Neradzurrilar” rahbariyati Bastoni bilan muzokara olib borish mumkinligiga ishonch bildirmoqda.

Umuman olganda, Alessandro Bastoni “Inter” safida 148 ta rasmiy o‘yin o‘tkazgan va 3 ta gol urib, 13 ta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!