
“Inter” “Bavariya”ga aloqaga chiqadi
“Inter” rahbariyati yozgi transferlar mavsumida “Bavariya” yarim himoyachisi Korenten Tolissoni olishni rejalashtirmoqda.
Milanliklar frantsiyalik yarim himoyachini “Inter” o‘yin uslubiga to‘g‘ri kelmay qolgan Kristian Eriksenga almashtirishni istayapti. 26 yoshli Tolissoning Bundesliga grandi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanadi. Uning transfer summasi 25 million evroga baholanmoqda.
Shu o‘rinda, bu rokirovka milanliklar uchun zaxira variant hisoblanadi. Chunki ular qishki transferlar mavsumida Eriksenni “Real” pleymeykeri Iskoga almashtirish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan. Agar “Inter” mutasaddilari “Qirollik klubi” bilan kelisha olmasa, keyin Tolisso variantiga qaytadi.
Fikrlar