"Inter" Brozovichga yangi shartnoma taklif qiladi

  • 18 iyun, 2020, 17:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Martselo Brozovich bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga tayyor.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “neradzurrilar” 27 yoshli futbolchining maoshini oshirib, unga 2023 yilga qadar tuzilgan shartnoma taklif qilmoqchi.

Brozovich “Inter” safiga 2016 yil “Dinamo” Zagreb klubidan kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!