"Inter" Chempionlar ligasida "Real"ga qarshi qiziqarli rekord o‘rnatdi

  • 09.09.2026 07:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Inter» Milan klubi Chempionlar ligasi doirasida «Real» Madridga qarshi uchrashuvda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ammo hisobga qaramay, italyaliklar butun o‘yin davomida faol va tashabbuskor o‘yin namoyish etdi.

Statistikaga ko‘ra, «Inter» futbolchilari ushbu bahsda uzatmalarning 94 foizini aniq yetkazgan. Bu ko‘rsatkich Chempionlar ligasida «Real» Madridga qarshi o‘yinlarda qayd etilgan eng yuqori natija sifatida tarixga kirdi. 

Ya’ni 2003/2004 yilgi mavsumdan boshlab batafsil statistika yuritilayotganidan beri, mazkur turnirda madridliklarga qarshi maydonga tushgan biror jamoa bunchalik aniq pas bermagan.

«Inter»ning navbatdagi o‘yini ham Chempionlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Milan klubi kelasi safar Belgiya ning «Bryugge» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bu uchrashuv oktyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!