"Inter" "dangasa futbolchi"ni Londonga qaytarib yubormoqchi

  • 17 noyabr, 2020, 14:06
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksen qishki transfer oynasi vaqtida Angliya Premer ligasiga qaytishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, "neradzurrilar" daniyalik xavbekni "Arsenal" yarim himoyachisi Granit Jakaga almashtirishni rejalashtirmoqda. 28 yoshli futbolchi uchun "kanonirlar"dan tashqari PSJ, "Tottenxem", "Real" va "Barselona" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Transfermarket portali yarim himoyachining transfer summasini 50 million evroga baholamoqda.

Oldinroq, italiyalik sobiq futbolchi Paolo Di Kanio Eriksenni eng dangasa futbolchilardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!