Paolo Di Kanio: "Inter" dangasa futbolchini xarid qildi

  • 12 may, 2020, 13:35
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Italiyalik sobiq futbolchi Paolo Di Kanio "Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksenning transferi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Inter" dangasa futbolchi bilan shartnoma imzoladi. U to‘psiz harakat qilishni yoqtiradi, ortga faqat murabbiy talab qilgandagina qaytishi mumkin. Konte uni faqat kerak bo‘lganidagina maydonga tushirishi mumkin. Men esa undan faqat ikkinchi taymda foydalanish kerak deb hisoblayman", - deydi Di Kanio.

Qishgi transferlar oynasi vaqtida "Tottenxem"dan "neradzurrilar" tarkibiga kelib qo‘shilgan daniyalik futbolchi, "Inter" libosida sakkizta o‘yinda bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!