
"Inter" darvozabon bilan kelishuvga erishdi
"Inter" o‘z darvozaboni Samir Xandanovich bilan shartnoma muddatini uzaytirish borasida kelishib oldi.
36 yoshli posbonning yangi bitimi 2022 yilga qadar amal qiladi. FC Inter News tarqatgan xabarga ko‘ra, hujjat ishlari hal qilinib, shartnomaga imzo qo‘yilib bo‘ldi.
Xandanovich 2012 yildan beri milanliklar sharafini himoya qilib keladi.
Fikrlar