«Inter» darvozaboni «Bryugge» bilan shartnoma imzolaydi
Tajribali shveytsariyalik darvozabon Yan Sommer, so‘nggi yillarda «Inter» tarkibida o‘yin ko‘rsatgan futbolchi, yaqin orada «Bryugge» klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Insayder Sasha Tavolieri ma’lumotiga ko‘ra, 37 yoshli shveytsariyalik darvozabon hozir erkin agent maqomiga ega va Belgiya klubi bilan bir yillik qisqa muddatli shartnoma tuzishi kutilmoqda. Ta’kidlanishicha, Sommerning faoliyatini Ispaniya yoki Angliyada davom ettirish imkoniyatlari ham bo‘lgan, ammo u tanlovini aynan «Bryugge» foydasiga qilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Yan Sommer Italiya chempionatida «Inter» safida 33 ta o‘yin o‘tkazdi. U shu bellashuvlarning 15 tasida darvozasini sof saqlashga muvaffaq bo‘ldi va milanliklarga A Seriyada chempionlik unvonini qo‘lga kiritishda katta hissa qo‘shdi.

Fikrlar